logotip
17 yoshli Fati — La liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
10 OKTYABR, 22:45 / O'QILDI: 3996

«Barselona» hujumchisi Ansu Fati Ispaniya chempionatining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 17 yoshli futbolchi muxlislar o'rtasidagi o'tkazilgan so'rovnomada birinchi o'rinni egalladi.

Fatidan tashqari sentyabr oyi sovrini uchun kurashda Luis Suares («Atletiko»), Yago Aspas («Selta»), Serxio Kanales («Betis»), Mikel Merino («Real Sosedad»), Xose Luis Morales («Levante») va Luis Milya («Granada»)ning nomzodlari qo'yilgan edi.

Fati sentyabr oyida «Vilyarreal»ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Shuningdek, u "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol muallifiga aylandi.


Manba: std.uz

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.