logotip
Velotrek bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi
10 OKTYABR, 22:15 / O'QILDI: 1332

Poytaxtimizdagi "Trek" sport majmuasida velotrek bo'yicha 5-9 oktyabr kunlari o'smirl sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada 2004-2005 va 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'spirin sportchilarimiz bahs olib bordi.


Ta'kidlash joiz, bu velosiped sporti bo'yicha karantin cheklovlari yumshatilgan davrda tashkil qilingan ilk O'zbekiston chempionati hisoblanadi. Musobaqada Respublikamizning deyarli barcha viloyatlaridan 100 nafardan ziyod o'smir sportchilar ishtirok etdi. Chempionatning so'nggi kunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.