logotip
Ronaldu yoki Messi? Kasilyas javob berdi
10 OKTYABR, 22:00 / O'QILDI: 5920

«Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Barselona» sardori Lionel Messini taqqosladi.

«Krishtianuda bolalikdanoq eng yaxshi futbolchi bo'lish ishtiyoqi bor edi. O'ylashimcha, bu unga erishdi.

Agar Ronalduni Messi bilan taqqoslasak, Krishtianu yaxshiroq taassurot qoldirdi. Chunki Messining iqtidori qay darajada ekanini bilamiz. Lekin Ronaldu o'z maqsadi yo'lida sidqidildan ishladi.

Ikki ajoyib o'yinchining o'yinlaridan zavqlanishga muvaffaq bo'ldik. Ronaldu kalandimog'dek ko'rinishi mumkin, ammo uni taniydiganlar yaxshi biladiki, barchasi aksincha», – dedi Kasilyas "ESPN"ga bergan intervyusida.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.