logotip
«Yuve» maoshlar miqdorini kamaytirdi, ammo A seriyada 1-o'rinda
10 OKTYABR, 21:30 / O'QILDI: 3034

"La Gazzetta dello Sport" nashri A seriya klublarining maoshlar reytingini e'lon qildi.

O'tgan mavsum bilan solishtirganda barcha jamoalarning umumiy maoshlari miqdori 72 million evroga kamaydi — 1,36 mlrd evrodan 1,288 mlrd evrogacha.

Birinchi navbatda bu koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz bilan bog'liq. Shuningdek, Italiyaga keladigan xorijlik fuqarolar uchun joriy qilingan alohida soliq tizimi ham bunga ta'sir ko'rsatdi.

Maoshlar miqdorini eng ko'p pasaytirgan klub «Yuventus» bo'ldi – 58 million evro. Shunga qaramay, turinliklar to'laydigan maoshlarning umumiy miqdori A seriyada eng yuqorisi bo'lib qolmoqda — 236 million evro. Italiya chempionatida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi esa Krishtianu Ronaldu – 31 million evro.

«Milan»ning maoshlar qaydnomasi 115 million evrodan 90 millionga tushirildi. «Rossoneri»ning eng ko'p maosh oladigan o'yinchisi – Zlatan Ibrahimovich (7 million evro).

«Inter»ning maoshlar byudjeti esa 10 million evroga oshdi (149 mln evro — Ligadagi ikkinchi ko'rsatkich). «Latsio»ning umumiy maoshlari miqdori 11 mln. evroga (83 mln. evro), «Atalanta»niki 7 mln. evroga (42 mln. evro), u «Napoli»niki esa 2 mln. evroga (105 mln. evro — bu A seriyada to'rtinchi ko'rsatkich) oshdi.

Maoshlar qaydnomasi bo'yicha reytingda uchinchi pog'onani «Roma» egallab turibdi (112 millionov evro, o'tgan mavsumda 125 million evro edi).


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.