logotip
AGMK nazorat o'yinida g'alaba qozondi
10 OKTYABR, 21:10 / O'QILDI: 1110

FIFA kunlari tufayli Superligada yuzaga kelgan to'xtalish o'rnini qoplash maqsadida AGMK jamoasi bugun nazorat bellashuvi o'tkazdi.

Superliganing navbatdagi tur o'yinlari taraddud ko'rayotgan jamoamiz bugun Birinchi liga vakili "Rubin"ga nazorat bahsida maydonga tushdi.

Uchrashuv qiziqarli va jamoamiz ustunligi ostida o'tdi. Har ikkala taymda jamoamiz ikkitadan gol urib, yakunda yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'limda dastlab Grigalashvili hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Zonich oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Tanaffusdan keyin Nurmatov o'z nomiga gol yozib qo'ygan bo'lsa, Tursunov penaltidan yakuniy hisobni o'rnatdi - 4:0. Raqib jamoasi esa darvozamiz tomon belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi.

Nazorat o'yini.
10 oktyabr, shanba.
AGMK - "Rubin" 4:0
Do'rmon, mashg'ulot maydoni.
Gollar: Grigalashvili, Zonich, Nurmatov, Tursunov (penalti)
Bosh hakam: Asker Najafaliev.
AGMK — Rahimov, Shorahmedov, Zonich, Rahmonov, Rahmatov - Jokich, Umarov, Jo'raev - G'ofurov, Vatsadze, Grigalashvili.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sultonov, Yo'ldoshev, Toshmatov, Nurmatov, Tursunov, Abdurahimov, Polvonov.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.