logotip
Robin van Persi Niderlandiya futboli tarixidagi eng yaxshi 5 futbolchi nomini aytdi
10 OKTYABR, 21:00 / O'QILDI: 3996

Niderlandiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Robin van Persi Niderlandiya futboli tarixidagi eng yaxshi besh nafar futbolchini sanab o'tdi.

«Yoxan Kroyf, Marko van Basten, Dennis Bergkamp, Ruud Gullit va Frank Raykard», — deydi van Persi.

Ta'kidlash joiz, Robin yuqorida sanab o'tgan futbolchilarining hech biri bilan birga o'ynamagan.

Faoliyatini «Feyenoord»da boshlagan futbolchi keyinchalik «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Fenerbahche» jamoalarida to'p surgan. Van Persi 2019 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Ayni damda «Feyenoord» murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, van Persi Niderlandiya terma jamoasi safida 50 ta gol urgan va terma jamoaning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.