logotip
«Paxtakor»: Eng ko'p gol Cheranda, eng ko'p golli harakat Masharipovda
10 OKTYABR, 20:50 / O'QILDI: 2664

"Paxtakor"ning joriy mavsum to'purarlari va golli harakatlarni amalga oshirgan futbolchilar haqida ma'lumot berib o'tamiz.

Gollar
Dragan Cheran hozircha jami 17 gol bilan "Paxtakor" to'purari bo'lib turibdi. U Superligada 15, Chempionlar Ligasida 2 to'p muallifi bo'lgan. Igor Sergeev hisobida esa 14 gol mavjud. Eren Derdiyokda 9, Jaloliddin Masharipovda 5 to'p bor. Hozirgacha ushbu yil rasmiy o'yinlarda jami 57 gol urildi. Ularga 11 futbolchi mualliflik qilgan. Bir gol raqib tomonidan avtogol sifatida urilgan. Quyida joriy mavsum gol urgan o'yinchilar bilan tanishing. Qavs ichida dastlab Superliga, so'ng OChLda urilgan gollar keltirilgan.

17 – Cheran (15+2)
14 – Sergeev (12+2)
9 – Derdiyok (7+2)
5 - Masharipov (3+2)
4 - Hamdamov (4+0)
2 - Sobirxo'jaev (2+0)
1 – A'zamov (0+1), Abror Ismoilov (1+0), Komilov (1+0), Sidiqov (1+0), Sobirjonov (1+0).

Golli harakatlar
Raqib darvozasiga to'p kiritilishi bilan yakunlangan harakatlarni amalga oshirishda Jaloliddin Masharipov etakchi bo'lib turibdi. U 15 bor shunday vazifani uddalagan. Doston Hamdamov, Dragan Cheran va Sardor Sobirxo'jaev hisobida esa 5tadan shunday ko'rsatkich mavjud. Odil Hamrobekov esa 4 golga assistentlik qilgan.

15 – Masharipov (13+2)
5 – Hamdamov (3+2), Cheran (5+0), Sobirxo'jaev (4+1)
4 - Hamrobekov (4+0)
3 – Sayfiev (3+0), Derdiyok (3+0), Sidiqov (2+1), Alijonov (2+1)
1 – Anzur Ismoilov, Krimets, Kozak, Sergeev.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.