logotip
Luis Suares: «Hamisha «Barsa»ga yosh hujumchi kerakligini aytib kelganman»
10 OKTYABR, 20:35 / O'QILDI: 2886

«Barselona» klubi sobiq hujumchisi Luis Suares jamoadan ketishi borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.

«Men «Barselona»da 6 yil faoliyat yuritdim. Hamisha jamoaga yosh hujumchi kerakligini aytib kelganman. Ular men bilan raqobat qilishi mumkin bo'lgan forvard bilan shartnoma imzolashmadi.

Hujumchilarda muvaffaqiyatli va omadsiz davrlar bo'ladi. Men jamoaga kerak emasligimni matbuotda bilishdan oldin, menga qo'ng'iroq qilib, sababini tushuntirishlariga munosib bo'lgan edim.

«Barselona»da tushunarsiz ishlar ko'p. Men ularga echim taklif qildim. Agar savol iqtisod yoki sport masalasiga taqalsa, men buni tushunardim. Ular menga tushuntirish berishsa yaxshi bo'lardi. Menga klub direktorlar kengashining qarori tushunarsiz bo'ldi.

Ikki yil avval jamoa meni haydab, o'rnimga boshqa o'yinchi xarid qilmoqchi bo'lgan edi. Bu holat anchadan beri yuz bermoqda. Olti yil davomida men na jamoadoshlarim, na Leo bilan mojaroga bordim», – dedi Suares.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.