logotip
«Sen klubdan bu kabi irg'itib yuborishlariga loyiq emas eding»
25 SENTYABR, 19:15 / O'QILDI: 2146

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Atletiko»ga o'tib ketgan Luis Suaresga murojaat qildi. Argentinalik futbolchi Instagram sahifasida sobiq jamoadoshiga ochiq xat yo'lladi.

"Ketganingni qabul qilishni boshladim, biroq bugun kiyinish xonasiga kirdim va o'sha erda bo'layotgan voqealarni to'liq his qildim. Kunni sensiz o'tkazish naqadar qiyin bo'lishini anglayapman, maydonda ham, uning tashqarisida ham. Seni juda sog'inamiz. Necha yillik birgalikdagi tushlik va kechki ovqatlanishlar...

Seni boshqa klub libosida ko'rish g'alati bo'ladi, senga qarshi o'ynash esa undan ham g'alati. Sen «Barselona» tarixidagi eng muhim o'yinchilardan biri eding, sovrin va individual yutuqlaring tufayli munosib xayrlashishlariga loyiq eding. Klubdan bu kabi irg'itib yuborishlariga loyiq emas eding. Biroq meni endi hech nima ajablantirmayapti. Yangi sarguzashtlaringda barcha yaxshi tilaklarni bildirib qolaman. Seni juda yaxshi ko'raman. Yaqinda ko'rishamiz, do'stim", — deya yozdi Lionel Messi.

Urugvaylik hujumchi «Barselona» bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi va «Atletiko» safiga o'tdi.

Suares 2014 yildan buyon «Barselona»da to'p surib kelardi. U katalon klubida umumiy miqdorda 283 ta o'yin o'tkazib, 198 ta golga mualliflik qildi. 2019/20 yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida 36 o'yin o'tkazib, 21 gol urdi va 10 ta golli amalga oshirdi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.