logotip
«Arsenal» bosh murabbiyi O'zilning nima sababdan asosiy tarkibga kira olmayotganini tushuntirdi
25 SENTYABR, 07:35 / O'QILDI: 2294

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Mesut O'zil nima sababdan o'yinlarda ishtirok etmayotgani haqida gapirdi.

"Jamoa o'sib bormoqda, o'yinchilar qanday darajaga chiqayotganini hamma ko'rib turibdi. Biz rivojlanishda davom etamiz, yaxshi o'yin ko'rsatishni va qolganlar bilan raqobat qilishni istaymiz. Namoyish qilayotgan o'yinlarimizdan va futbolchilar tanlashda qiyinchilikka duch kelayotganimizdan mamnunman. Biz ma'lum uchrashuvga yaxshiroq to'g'ri keladigan o'yinchilarni maydonga tushiramiz.

Tarkibdan joy olish juda qiyin va bu faqat Mesut emas, balki, boshqa futbolchilarga ham taalluqli. Sizning savolingizni tushunaman va hurmat qilaman, biroq men iloji boricha adolatli ishlashim kerak. Men eng yaxshi holatda bo'lib turgan o'yinchilarni tanlashga harakat qilaman", — dedi Mikel Arteta.

31 yoshli O'zil so'nggi bor «Arsenal» safida 7 mart kuni o'yin o'tkazgandi. Germaniyalik futbolchi 2019/20 yilgi mavsumda Premer Ligada 18 o'yin o'tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.