logotip
Neymar, Paredes va Kurzavaga nisbatan jazo choralari e'lon qilindi
17 SENTYABR, 06:25 / O'QILDI: 1776

Frantsiya professional futbol ligasi Liga-1ning 3-turi doirasida bo'lib o'tgan «PSJ» va «Marsel» jamoalari o'rtasidagi o'yinda (0:1) yuz bergan tartibsizlik yuzasidan o'z qarorini e'lon qildi.

Bahs so'ngida bosh hakam Jerom Brisar "Pari Sen-Jermen" klubidan Neymar, Leandro Paredes va Leven Kurzavani, marselliklardan esa Jordan Amavi va Dario Benedettoni maydondan chetlatgan edi.

Ish ko'rib chiqilishi natijasida quyidagicha qaror qabul qilindi: Kurzava 6ta, Amavi 3ta, Neymar va Paredes 2tadan +yana bitta shartli o'yinga diskvalifikatsiya qilinishgan bo'lsa, Benedetto bitta uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, tartib-intizom qo'mitasi «Marsel» himoyachisi Alvaro Gonsalesga nisbatan qilingan irqchilik xatti-harakatlari borasida surishtiruv ishlarini boshladi.

Bundan tashqari, «PSJ» yarim himoyachisi Anxel Di Mariya raqib futbolchisiga Gonsalesga qarata tupurgani ham o'rganiladi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.