logotip
Lautaro «Real»ga o'tadimi?
14 SENTYABR, 22:10 / O'QILDI: 3108

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.


«Monako»dan o'zgacha yurish



Frantsiyaaning «Monako» klubi «Sporting» yarim himoyachisi – Vadel Vel bilan qiziqib qoldi.


Record nashrining ma'lum qilishicha, frantsuz klubi 23 yoshli futbolchining transferi uchun 25 million evrodan voz kechishga tayyor.


Braziliya yoshlar terma jamoasidagi o'yinlari bilan ko'plab mutaxassislar e'tiboriga tushgan futbolchi bilan shuningdek «Napoli» ham jiddiy qiziqib qolgan.


Lautaro «Real»ga o'tadimi?



Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines mavsumni «Inter» klubida davom ettiradi.


Taniqli jurnalist Fabritso Romanoning aytishicha, «ko'k-qoralar» argentinalik futbolchi borasida «Real»dan hech qanday taklif olmagan.
Eslatib o'tamiz, bir necha soat avvalroq Sport Mediaset nashri «Real»ning Lautaro bilan muzokaralar o'tkazayotgani haqida ma'lumot bergan edi.


“Arsenal” darvozabon izlamoqda



Londoning “Arsenal” jamoasi Emilio Martinesning o'rnini to'ldirishga qodir yangi zaxira darvozaboni izlamoqda.


The Telegraph nashrining ma'lum qilishicha, «koninirlar» «Dijon» kipperi Runar Runarsson bilan jiddiy qiziqib qolgan.


Manbaning ma'lum qilishicha, agar Martines klubni tark etsa, uning o'rnini islandiyalik posbon egallaydi.


«Tottenhem» hujumchi izlamoqda



Angliyaning «Tottenhem» klubi «Sautgempton» hujumchisi Denni Ingz bilan jiddiy qiziqib qoldi.


Fernando Lorente klubni tark etgach, Joze Mourino qo'l ostida yagona markaziy hujumchi (Harri Keyn) qoldi.


"Football London" nashrining ma'lum qilishicha, Ingzdan tashqari, «Shporlar» Karlos Vinicius, Arkadiush Milik, Xabib Diallo va Patson Dakalar bilan muzokara olib bormoqda.


Alaba qoladimi?



Ayni damda Myunhenning «Bavariya» klubi bilan muzokaralar olib borayotgan David Alabaning kelajagi borasida jamoa direktori Uli Xeness o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Sport11" nashrining ma'lum qilishicha, jamoa faxri Alabaning klubda qolishi borasida hech qanday muammo yo'q, biroq uning agenti klubdan yiliga 25 million evro maosh ko'rsatilgan 5 yillik shartnomani mijozi uchun undirib bermoqchi.


Eslatib o'tamiz, Alaba va «Bavariya» o'rtasidagi shartnoma 2021 yilda o'z yakuniga etadi. Agar, Myunhen klubi yangi shartnoma borasida kelishuvga erishmasa, katta ehtimol bilan Davidni kelasi mavsumda qo'ldan chiqarib yuborishi mumkin.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.