logotip
"Manchester Siti" salkam 100 mln evroga himoyachi sotib olmoqchi
14 SENTYABR, 19:45 / O'QILDI: 2738

"Manchester siti" moliyaviy feyr-pleydan qo'rqmay qolgan ko'rinadi. Sababi, klub yangi markaziy himoyachi izlamoqda. Nishon — "Atletiko" futbolchisi Xose Ximenes.

"Shaharliklar" argentinalik uchun 89 million evro taklif qilgan, yana besh million bonus sifatida va'da qilingan. "Atletiko" hozircha bu taklifni rad etdi.

Ximenesning tovon puli 120 million evroni tashkil qiladi. "Shaharliklar" ayni damda bu mablag'ni to'lashga tayyor emas.

Gap shundaki, "Manchester Siti" Kalidu Kulibalining transferi ijobiy yakunlanishiga ishonmayapti. Shu bois uning o'rniga Ximenes xarid qilinishi mumkin.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.