logotip
Beyl, iltimos, ket! «Real» o'ng qanot vingeri izlamoqda
14 SENTYABR, 18:05 / O'QILDI: 3478

Garet Beyl “Real”ning zaxira o'rindig'iga yopishib oldi. Uelslik vingerni kimdir tortib olmasa, u jamoani tark etmoqchi emas.  Madrid klubida bir paytlardagi sayyoramizning eng qimmat futbolchisiga hozirda hech qanday taklif yo'q. Umidsiz klub uning shartnomasidagi qolgan pulini to'lab, qo'yib yuborishga tayyor.

Zidan foydasiz Garetdan xalos bo'lishdan va uning ixtiyorida kuchli qanot hujumchisini olishdan xursand bo'lardi, chunki Beyl bilan bog'liq vaziyat tufayli bu pozitsiya bo'sh qoldi: Beyl o'ynamaydi, Lukas Vaskes birinchi raqamli rolini o'ynolmaydi, u odatda Karvaxal o'rniga maydonga tushadi.  O'tgan mavsumda bu pozitsiyada Asensio, Isko, Rodrigo, Valverde va “Everton”ga yo'l olgan Xames Rodrigeslar harakat qilgandi.

Agar bir yil ichida bitta nuqtada 7ta futbolchi harakat qilgan bo'lsa, demak murabbiylar mavsum davomida doimiy tuynukni yamoqlab turishgan. E'tiboringizga “Real” xarid qilishni xohlayotgan chap qanot vingerlari ro'yxatini taqdim etamiz.

Riyad Mahrez (“Manchester Siti”)

Zidan singari Mahrez ham Frantsiyada tug'ilgan jazoirlik. Zidandan farqli ravishda, Riyad o'zining tarixiy vatani sharafini himoya qiladi. Mahrez va Zidan tez til topishib ketishiga shubha yo'q. Agar “Real” xohlasa, qiyinchiliksiz Riyadni Madridga olib keladi. Bu erda gap boshqa tomonda: Riyad “qirollik klubi”ga kerakmi?

Florentino Peres Zidanni tushunishi dargumon, ayniqsa, Eden Azar sotib olinganidan keyin, chunki 29 yoshli “Siti”ning zaxira futbolchisini “Real”da asosiy tarkibda o'ynatish to'g'ri emas. Agar Mahrez asosiy tarkibda o'ynamasa, unda nima keragi bor? Katta ehtimol bilan Mahrez o'rniga Gvardiola anchadan buyon orzu qilib kelayotgan Iskoni so'raydi. Bu esa “Real” foydasiga bo'lmasligi aniq.

Federiko Keza (“Fiorentina”)

“Real” o'tgan yili ham Keza xizmatiga qiziqish bildirgan edi.  Federikoning ustun tomoni uning yoshligidir. Italiyalik futbolchi atigi, 22 yoshda.  Bu “qaymoqranglilar”ning zamonaviy transfer kompensatsiyasiga juda mos keladi. Ammo bu erda ham o'sha savol: u “Real” darajasidami? Ha, Kezaning uzi ham Madridga yo'l olishga shoshilmayapti. U Milanga borib, rivojlanishni to'g'ri deb bilayapti. Federiko kelib, hamma futbolchilarni zaxiraga o'tirgizib qo'yadiganga o'xshamayapti. Agar kelsa ham, rotattsiyadagi navbatdagi futbolchiga aylanadi.

Lukas Okampos (“Sevilya”)

Lukasga moslashish uchun vaqt ketmaydi:  u ispan tilida gapiradi, o'tgan mavsumni Evropa Ligasini yutgan “Sevilya”da o'tkazdi. Okamposga “Real” tomonidan qiziqishlar o'tgan yili boshlangan.  “Sevilya” o'shanda Okampos uchun 65 million evro so'ragandi, biroq “qirollik klubi” bu yil boshqacha yo'l tutmoqchi. “Sevilya” o'tgan mavsumni ijarada o'tkazgan “Real” himoyachisi Serxio Regilon bilan doimiy shartnoma imzolamoqchi, “qaymoqranglilar” esa bundan foydlanib qolmoqchi. Madrid klubi Okamposni Regilonga almashishga tayyor.

Serj Gnabri (“Bavariya”)

“Bavariya” va “Real” o'rtasida qiziqarli transferlar bo'lib turadi.  Masalan, Toni Kroos Myunxen klubi bilan chempionlar ligasida g'alaba qozonganiga bir yil o'tib, Madridga yo'l olgan va bu qaroridan hech qachon afsuslanmagan.  Bu haqda u “Bavariya” bilan yorqin mavsumni o'tkazgan hamyurtiga aytib berishi mumkin. Bu erda hammasi futbolchining xohishiga bog'liq: agar u o'zini yangi chempionatda sinab ko'rmoqchi bo'lsa, “Real”ga o'tadi. Ammo bu yozda treblga erishgandan so'ng eyforiyaga berilgan Gnabrini ko'ndirish oson kechmaydi.

Muhammad Saloh (“Liverpul”)

“Real” 2018 va 2019 yillari Saloh vakillari bilan aloqaga chiqqan, ammo hozir misrlik futbolchini ishontirishning ayni vaqti. Birinchidan, Zidan jamoasida Muhammadga o'zi xohlagan pozitsiyada joy bor. Ikkinchidan, “Liverpul” bilan barcha musobaqlarni yutdi, yangi sovrinlar yutish uchun yangi chaqiruvlarni qabul qilishi mumkin.

Jeydon Sancho (“Borussiya Dortmund”)

Barcha OAV Sanchoni “Manchester Yunayted”ga o'tishini yozmoqda, ammo doim yashirin "kozrlari"ga ega bo'lgan “Real”ni unutmaslik kerak. Hanuzgacha “Real” eng yaxshilarni xarid qilishni xohlayotgan bo'lsa, unda Sancho uchun kurashishlari kerak.

Angliyalik futbolchi endigina 20 yoshda va ajoyib ikki mavsumni o'tkazdi. “Borussiya” bilan yaxshi munosabatlar Sancho transferi uchun hissa qo'shishi kerak: Peres futbolchilarini ijaraga berib, “arilar”ni boqmoqda. Dortmundda Hakimi o'rnini braziliyalik Reyner to'ldirdi. Ingizlarning “Real”da o'ynab ketishi esa bu alohida mavzu...


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.