logotip
Key-Liga. Aliboevning «Seul»i Iskandarov jamoasidan ustun keldi, Ashurmatovsiz «Kvanju» irodali g'alabaga erishdi
1 AVGUST, 19:50 / O'QILDI: 592

Janubiy Koreya chempionatining 14-turidan o'rin olgan 1 avgust, shanba kungi bahslar yakunlandi.

«Syongnam» jamoasi o'z uyida «Seul»ni qabul qildi. Seulliklar safida Yun Ju Te dubl qayd etgan bo'lsa, mezbonlarning yagona javob to'piga Tomislav Kish muallif bo'ldi. Mazkur bahsda Syongnamliklar yarim himoyachisi Jamshid Iskandarov 14-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan bo'lsa, Ikrom Aliboev «Seul» qaydnomasidan joy olmadi.

Rustam Ashurmatov jamoasi «Kvanju» esa «Inchhon Yunayted» mehmoni bo'ldi va irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Elias Agilyarlarning goliga mehmonlar Om Von Sanning dubli va Felipening goli bilan javob qaytardi. Ashurmatov esa o'tgan turda qizil kartochka olgani bois bu o'yinda ishtirok etmadi.

Key-Liga, 14-tur bahslari
1 avgust, shanba
«Syongnam» — «Seul» 1:2
Gollar: 0:1 – 27 Yun Ju Te, 1:1 – 45 Kish, 1:2 – 71 Yun Ju Te.
«Syongnam»: Chon Chon Hyok, Li Chan Yon, Lim Shin Gyom, Yon Je Un, Li Te Hi, Yu In Su, Pak Te Chun, Kim Don Hyon, Na San Ho (Kim Hyon Son, 60), Li Je Von (Jamshid Iskandarov, 14), Kish.
«Seul»: Yan Han Bin, Chon Hyon Chhol, Kim Nam Chhun, Kim Von Shik (Chu Se Jo, 61), Yun Chon Gyu, Hvan Hyon Su, Kim Jin Ya (Cho Yon Uk, 56), Yun Ju Te, Ko Kvan Min, Han Shin Gyu, Chon Han Min.

«Inchhon Yunayted» — «Kvanju» 1:3
Gollar: 1:0 – 23 Agilyar, 1:1 – 73 Om Von San, 1:2 – 87 Om Von San, 1:3 – 90 Felipe.

«Chonbuk Motors» — «Pohang Stilers» 2:1
Gollar: 0:1 – 55 Son Min Gyu, 1:1 – 61 Son Jun Ho, 1:2 – 70 Kim Bo Gyon.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.