logotip
“Muxtojlar“ga atalgan final!
1 AVGUST, 17:30 / O'QILDI: 1332

Ramzida sher aks etgan chempionatda futbol mavsumi poyoniga etgan bo'lsada, “tumanli Albion“ning ikki jamoasi yana bir jang uchun tadorlik ko'rishmoqda. Ulardan biri, takomillashayotgan “Chelsi“ bo'lsa, yana biri shonli mavqeyini tiklashga zo'r berib, urinayotgan “Arsenal“.


Aslini olganda, finalgacha mashaqqatli yo'l bosib o'tildi. Xususan, Lempard yigitlari, APLning o'rtamiyona jamoalaridan biri “Bornmut“ va joriy futbol mavsumining “quyuni“ bo'lib, fantastik o'yin namoyish etgan “Liverpo'l“ni, Arteta jamoasi esa, ortda qolgan mavsum debyutanti bo'lishiga qaramay, ko'plab g'alabalar qayd etgan, etakchilardan ochko tortib olib, ancha yaxshi taassurot qoldirgan “Sheffild Yunayted“ hamda bu mavsum ichki chempionat sovrinlardan tanaffus olib, vitse chempionga aylangan “Manchester Siti“ni mag'lubiyatga uchratdi.


Jamoalar, ushbu turnir doirasida, 2003-yildan buyon 4 marta to'qnash kelishgan(2003, 2004, 2009, 2017). 3 ta g'alaba bilan ustunlik “qizillarda“
O'ziga xos statistikaga ko'ra, ushbu printsipial raqiblar, 2003-yildan buyon, turli musobaqalarda, naqd 6 ta finalda to'qnash kelishgan(2005, 2007, 2015, 2017, 2017, 2019). Bu erda esa 3 ta g'alaba bilan “ko'klar“ oldinda. Garchi shunday bo'lsada, bugun yangi murabbiylar qo'l ostida o'zgacha jamoaga ayalanayotgan klublar to'qnash kelar ekan, harchand bo'lmasin, yaqin o'tmishdagi natijalarni bir chetga surib qo'yish maqsadga muvofiq.



“Aristokratlar“ning Frenk Lempard qo'l ostidagi natijasi hozircha chakki emas. Jamoa yangi murabbiy qo'l ostida ilk mavsumdayoq sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bordi va mavsum yakuniga ko'ra 66 ochko bilan 4-o'rinni egallab, keyingi mavsum Chempionlar Ligasi yo'llanmasini naqd qildi. EChL doirasida, Bavariyaga qarshi kechgan dastlabki uchrashuvdayoq(3-0), imkoniyatni deyarli boy berdi deya tahmin qilingan London jamoasi haqidagi fikrlar, so'nggi 11 o'yinda, ya'ni, restartdan keyin raqiblariga qarshi 3 bor mag'lub bo'lib, 8 marotaba g'alaba qayd etganidan so'ng keskin o'zgarganini ham sezish mumkin. “Qish g'amini yozda e“ deganlaridek, yangi futbol mavsumi uchun Lempard o'z imkoniyatlarini ancha yaxshilab olishga muvoffaq bo'ldi. “Leypsig“dan Timo Verner, “Ayaks“dan Hakimi Ziesh olib kelindi, bundan tashqari Kay Haverts va Yan Oblakdek o'z jamoasining etakchilari sanalgan futbolchilarga og'iz solingan. Salmog'i kichik bo'lsada bu kubok rahbariyatning jamoa va futbolchilarga bo'lgan ishonchini orttiradi, transferlar bozoridagi harakatini tezlashtirib, yuqoridagi, og'ir tosh bosadigan yulduzlarni bo'lsada, Londonga olib kelinishini ehtimoliy tezlashtiradi. Umuman olganda, jamoaning yangi mavsum uchun motivatsiyasi etarli.


“To'pchilar“da esa vaziyat unchalik ham engil emas. Jamoa, so'nggi 11 o'yinda 7 g'alaba, 1 durrang, 3 mag'lubiyat qayd etib, 56 ochko bilan chempionatni evrokuboklar zonasidan pastda yakunladi. Raqibidan farqli o'laroq “yangi qonlar“ haqida unchalik ham o'ylamayotgan jamoaning, yangi mavsumga qanchalik yaxshi yoki aksincha taraddud ko'rishi “Uembli“da kechadigan o'yinga ham bog'liq deyish mumkin.


Muxlislar nazdida bosh murabbiy effekti to'laqonli ko'ringanicha yo'q. Demak, bu g'alaba “Arsenal“dan ham ko'ra Migel Artetaga ko'proq zarur. Qolaversa, bu final evrokuboklar uchun kurash eshiklarini ham ochib beradi. Ajabmas, bu g'alaba bir vaqtlar seriyalar qayd etgan, G'arbiy London vakillarining eski mavqeyi tiklanishida, meksikalik mutaxassisning shaxsiy karerasida esa, muvaffaqiyatli debocha bo'lib xizmat qilsa.

Dadajon Foziljonov


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.