logotip
Isroil Madrimov jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
1 AVGUST, 14:00 / O'QILDI: 962

Professional boksning super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga ko'tarilayotgan Isroil Madrimov 15 avgust kuni Oklahomada Erik Uolkerga qarshi ringga ko'tarilishi haqida xabar bergandik.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu jang WBA vaqtinchalik jahon chempionlik kamari uchun kechadi. Bugun WBA yangi reytingi e'lon qilindi va unda Uolker bir yo'la 6-o'ringa ko'tarildi. Vakant bo'lgan vaqtinchalik chempionlik kamari uchun ringga chiqadigan bokschilar reytingda kuchli o'nlikdan joy olgan bo'lishi lozim. Aynan shu maqsadda Uolker top reytingga kiritilgan. Isroil rasmiy da'vogar sifatida 2-o'rinni band etib turibdi.

Eslatib o'tamiz, o'sha kuni Shahram G'iyosov ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.