logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
31 IYUL, 10:30 / O'QILDI: 4440

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.


Kokorin “Spartak”da?!


“Zenit”klubi hujumchisi Aleksander Kakorin tez orada “Spartak” bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Sports nashrining ma'lum qilishicha, 29 yoshli hujumchi Moskva klubi bilan “3+1” ko'rinishidagi shartnomani imzolash uchun “Spartak” qabulida bo'ldi.


Eslatib o'tamiz, Kokorin bu mavsumni “Sochi” klubida ijara asosida o'tkazdi. 10 ta uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi 7 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qildi.


“Monako” uni nishonga oldi


“Chelsi” klubi hujumchisi Mishu Batshuayi tez orada “Monako” bilan shartnoma imzolaydi.


“Le10sport”ning ma'lum qilishicha, “Monako” jamoa postiga Niko Kovachni taklif etish orqali yangi jamoani shakillantirish maqsadida.


Eslatib o'tamiz, “Chelsi” Mishu borasida barcha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e'lon qildi.


Allan qoladimi?


“Napoli”klubi yarim himoyachisi Allan o'z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni kelasi haftada e'lon qiladi.


“II Mattino” nashrining ma'lum qilinishicha, braziliyalik yarim himoyachi bilan “Everton” jiddiy qiziqib qolgan. Manbaning ma'lum qilishicha, braziliyalik futbolchi bilan shaxsan Karlo Anchelottining o'zi qiziqib qolgan.


Ma'lumotlarga qaraganda, Allanning o'zi ham APLda o'z kuchini sinab ko'rish niyatida. “Napoli” uni 30 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.


Zaha cho'chimoqda


Angliyaning “Kristal Pelas” jamoasi hujumchisi Uilfrid Zaha o'z kelajagi borasida havotirda.


“The Sun” nashrining ma'lum qilishicha, Zahani klub 70 milliondan kamiga sotmoqchi emas.


Sababi, ushbu transferdan kelib tushgan pulning 25 foizi “Manchester Yunayted” g'aznasiga borib tushishi lozim.


Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Zaha bilan APLning bir nechta grand klublari qiziqish bildirgan, biroq uning transfer summasi baland bo'lgani uchun muzokaralar davom etmagan edi.


Vertongen “Atletiko”da?!


“Tottenhem” jamoasining sobiq futbolchisi Madridga ko'chib o'tishi mumkin.
“Messagro” nashrining ma'lum qilishicha, Diego Simione 33 yoshli himoyachini o'z jamoasiga taklif qilmoqda.


Argentinalik murabbiyning fikricha, Vertongen o'z tajribasi orqali “matraschilar”ga katta foyda keltirishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Yan va “Tottenhem” o'rtasidagi shartnoma allaqachon o'z yakuniga etgan. Himoyahci erkin agent maqomida istagan klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.