logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
31 IYUL, 00:05 / O'QILDI: 5328

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etadi.


Ake “Siti”ga o'tadi!


Angliyaning “Bornmut” jamoasi himoyachisi Natak Ake   “Manchester Siti” klubiga o'tishi aniq bo'lib ulgurdi.


“The Guardin” nashrining ma'lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi uchun “Manchester Siti” klubi 43 million evro ajratadi.


Manbaning ma'lum qilishicha, “Manchester Siti” Kulibalini qo'lga kirita olmagach, bor e'tiborini Natan Akega qaratishga qaror qildi.


“Roma” tavakkal qilmoqda


Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Amadu Diavara yangi mavsumni boshqa klubda davom ettirishi mumkin.


“The Sun” nashrining ma'lum qilishicha, 23 yoshli gvineyalik futbolchi bilan “Arsenal” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.


Manbaning ma'lum qilishicha, Tomas Partini qo'lga kirita olmgach, “Arsenal” bor e'tiborini “bo'rilar” tayanch yarim himoyachisiga qaratmoqchi.


Risharilson ketadimi?


Angliyaning “Everton” klubi hujumchisi Risharlison yangi mavsumni boshqa klubda davom ettirishi mumkin.


“Globe Esporte” nashrining ma'lum qilishicha, “Everton” o'z hujumchis borasidagi takliflarni ko'rib chiqadi.


Manbaning ma'lulm qilishicha, Klub braziliyalik hujumchi borasida 85 millionlik taklif olsa, uni sotib yuborishga tayyor.


Eslatib o'tamiz, Risharilson bu mavsumda APLning 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o'z hisobiga 13 ta gol yozib qo'ydi.


Kelli “Liverpul”da?!


Angliyaning “Liverpul” jamoasi “Bormut” klubi himoyachisi Lloyd Kelli bilan qiziqib qoldi.


“Dail Exspress”ning ma'lum qilishicha, himoyaning islgan nuqtasida to'p tepishga qodir Kelli bilan shaxsan Yurgen Klopp qiziqib qolgan. Futbolchining o'zi ham Chempionshipda to'p tepishni istamayapti.


Taniqli transfermarket portali Lloydni 8 million evroga baholamoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilda o'z yakuniga etadi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.