logotip
A seriya. «Yuventus» Genuyada g'alaba qozondi (videosharh)
1 IYUL, 03:15 / O'QILDI: 1184

Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Jenoa» o'z uyida «Yuventus»ni qabul qilib, imkoniyatni boy berdi. Genuyaliklar nomdor raqibga bir bo'lim qarshilik ko'rsata olishdi.

 Ikkinchi bo'lim boshida Dibala hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan Ronaldu farqni oshirishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi taym o'rtalarida Duglas Kosta hisobni yirik ko'rinishga keltirgandi. Oradan 3 daqiqa o'tib esa "Jenoa" bitta javob to'pini raqib darvozasiga joyladi.

Ushbu g'alaba tufayli "Yuventus" ikkinchi o'rindagi "Latsio"dan 4 ochko ilgarilashda davom etmoqda.

Italiya A seriya, 29-tur
Jenoa – Yuventus 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 50 Dibala, 0:2 – 56 Ronaldu, 0:3 – 73 Duglas Kosta, 1:3 – 76 Pinamonti.
Jenoa – Perin, Sumaoro, Romero, Masello, Gilone (Barreka, 62), Sturaro (Biraski, 75), Bexrami, Shene (Lerager, 46), Kassata (Pandev, 78), Favilli (Sanabriya, 46), Pinamonti.
Yuventus – Shchensni, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Pyanich (Remzi, 74), Kuadrado, Rabo (Matyuidi, 83), Bentankur, Bernardeski (Duglas Kosta, 66), Ronaldu (Iguain, 74), Dibala (Oliveri, 83).
Ogohlantirishlar: Favilli (7), Shene (33), Bonuchchi (45), Sturaro (58), Kassata (70), Masello (80).



Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.