logotip
APL. «MYu» safarda yirik hisobda g'alaba qozondi
1 IYUL, 02:15 / O'QILDI: 1702

Angliya chempionatining 32-turi doirasida "Manchester Yunayted" safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib borib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

Sulsher shogirdlari birinchi bo'limga juda yaxshi o'tkazishdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Meyson Grinvud raqib jarima maydoniga yorib kirib, raqib himoyachisi oyoqlari orasidan zarba yo'lladi hamda hisobni ochdi. 29-daqiqada esa Pogbaning uzatmasidan keyin Fernandesh 17 metrlardan zarba berdi. To'p rekoshet orqali to'rga borib tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshida esa "MYu" qarshi hujumda raqibini jazoladi. Grinvudning uzatmasidan keyin Brunu Fernandesh olis ustun yaqinida darvozani ishg'ol etdi.

O'yin so'nggiga qadar "Brayton" futbolchilari 2-3ta golga tortadigan vaziyat yaratishdi. Bir vaziyatda De Xea "MYu"ni goldan qutqargan bo'lsa, ba'zi zarbalarga aniqlik etishmadi.

Ushbu g'alaba tufayli "Yunayted" o'z ochkolarini 52taga etkazib oldi.

APL, 32-tur
Brayton – Manchester Yunayted 0:3 (0:2)
Gollar: 0:1 – 16 Grinvud, 0:2 – 29 Brunu Fernandesh, 0:3 – 50 Brunu Fernandesh.
Brayton – Rayan, Lempti (Trossard, 46), Daffi, Dank (Bernardo, 81), Montoyya, Stivens, Propper (Mope, 46), Mak Allister (Muy, 81), Bissuma, Bern, Konnolli (March, 87).
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou (Uilyams, 64), Lindelef, Matich, Brunu Fernandesh (Pereyra, 64), Pogba (Maktomini, 64), Marsyal (Igalo, 78), Grinvud, Reshford (Jeyms, 78).
Ogohlantirish: Shou (49).


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.