logotip
La liga. «Barsa»dan ochko olgan «Selta», autsayderga yirik hisobda yutqazdi
1 IYUL, 01:00 / O'QILDI: 888

Avvalgi turda «Barselona»dan ochko tortib olgan «Selta» quyi pog'onalarda borayotgan «Malorka» klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Mezbonlar vigoliklar darvozasiga oz emas, ko'p emas, naq 5ta to'p kiritishdi. "Selta" esa Yago Aspas tomonidan penaltidan urilgan gol bilan bir marta javob berdi, xolos.

Ushbu g'alaba evaziga "Malorka" o'z ochkolarini 29taga etkazib, ammo klub 17-o'rindagi "Selta"dan 5 ochko ortda qolmoqda.

Ispaniya la ligasi, 33-tur
Malorka – Selta 5:1 (3:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 13, penalti Budimir, 2:0 – 27 Ernandes, 3:0 – 40 Poso, 3:1 – 50, penalti Aspas, 4:1 – 52 Budimir, 5:1 – 60 Sevilya.
Malorka – Reyna, Railo, Valent, Lumor (Games, 42), Baba, Poso, Sevilya (Traykovski, 83), Dani Rodriges (Febas, 74), Kubo (Lago Djunior, 83), Ernandes, Budimir (Chavarriya, 75).
Selta – Ruben Blanko, Arauxo, Murilo, Olasa, Vaskes (Fernandes, 71), Rafinya (Aydu, 71), Yokushlu (Smolov, 46), Bradarich, Denis Suares (Nolito, 28), Aspas, Santi Mina (Mendes, 62).
Ogohlantirishlar: Valent (48), Budimir (54), Fernandes (75), Murilo (80), Games (89).


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.