logotip
Ronaldu evalyuttsiyasi (foto)
1 IYUL, 00:00 / O'QILDI: 1480

Stadion.uz Krishtianu Ronalduning soch turmaklari evalyuttsiyasi bilan qisqacha tanishtirib o'tadi.


Ronaldu “Manchester Yunayted”ga kelganida, tashqi ko'rinish borasida maqtana oladigan darajada emas edi. Uni faqat turli video o'yinlar va kiritilgan gollarining soni qiziqtirgan xolos.


 


Keyinchalik, qahramonimiz Devid Bekxemga taqlid qilishni boshladi va o'z imiji ustida qattiq ishlashni boshladi. Tan olish lozim, uning bu urunishlari bejiz ketmadi. Bugungi kunda Krish sayyoramizning eng mashhur fotomodellaridan biri sanaladi.


 


2014-yilda bo'lib o'tgan JCh chog'ida chaqmoq ko'rinishidagi chiziqlar urfga kirgan edi. Ronaldu buni o'tkazib yubormaslik ilinjida yangi ko'rinishda Braziliyaga tashrif buyurdi.


 


Keyin “Real Madrid”da sovrinlar yutishni boshlab yuborgach, sochini sariqqa bo'yashga qaror qildi. To'g'risi, uning turmagini har mavsumda 50 ta gol kiritgani uchun hech kim tanqid qilgani yo'q. Ronaldu nafaqat tashqi ko'rinish bobida, balki gol kiritish bobida ham hammadan o'zib ketishga harakat qildi.


 


“Real” bilan EChLda 4 bor zafar quchgach, kutilmaganda sodda ko'rinishda omma oldida paydo bo'ldi. Ko'plab muxlislar uning zamonaviy turmaklariga ko'nikib qolgani bois, biroz tanqid ham qilishdi.


 


Qahramonimiz “Yuventus”ga o'tgach, sochini yana o'stirish uchun turli atributlardan foydalanishga qaror qildi. Qaysidir ma'noda bu tanlov ko'plab tanqidchilar tomonidan keskin qabul qilindi.


 


Bir necha hafta ilgari Krish o'zining yangi soch turmagini ommaga namoyish etdi.


 


Ko'p o'tmay, “Yuventus”da Kuadrado singari turmak egasi ikkitani tashkil etayotgani ma'lum bo'ldi.


 


Ronaldu futbol uchrashuvlari chog'ida uzun sochlari noqulaylik tug'dirmasligi uchun yana atributlarga murojaat etishga qaror qildi. Bu uning o'z ishiga professional tarzda yondashishiga yana bir misol desak, adashmagan bo'lamiz.


 


 


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.