logotip
Zafar Safaev: "Hozirda Superligadagi eng yaxshi darvozabon – Mashxur Muhammadjonov"
30 IYUN, 23:40 / O'QILDI: 444

Xabaringiz bor, saytimiz talqiniga ko'ra Superliga 6-turining eng yaxshi darvozaboni deb "Buxoro" posboni Zafar Safaev topildi. "Buxoro" darvozaboni navbatdagi tur oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" bu turda o'z maydonida Shipilov boshchiligidagi "Metallurg"ni qabul qiladi. 

"Metallurg" restartni juda yaxshi boshladi. Albatta, ularga qarshi o'ynash qiyin bo'ladi, biroq biz ham maydonga g'alaba qozonish uchun tushamiz. Biz o'z maydonimizda harakat qilamiz, bu bizga ustunlik beradi.

Menimcha, hozirda Superligadagi eng yaxshi darvozabon bu – "Nasaf" posboni Mashxur Muhammadjonov. U yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va uning jamoasi haligacha mag'lub bo'lmadi. Bunda uning xizmatlari katta deb o'ylayman.

"Nasaf"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Bizda ko'plab gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi, biroq foydalana olmadik. Ammo "Nasaf" bilan o'yinda 1 ochko olish, hammaga ham emas", -deydi darvozabon.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.