logotip
2000-2010-yillar oralig'idagi eng qimmat transferlar
30 IYUN, 22:55 / O'QILDI: 1036

Stadion.uz yangi asr boshidagi “bomba” transferlarni yodga oladi.


Bugungi kunda futbolchilarning transfer narxlari keskin ko'tarilib ketgani hech kimga sir emas. E'tiborlisi shundaki, Bundan 20-10 yil avval ham sifatli ijrochilar arzon bo'lmagan. Yangi asr boshidagi mega yulduzlarning transferlari haqida so'z borar ekan, yaqin o'tmishni yodga olishga to'g'ri keladi. Bugun 2000-2010-yillar oralig'idagi eng qimmat transferga aylangan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o'tamiz.


2000/01- Luish Figu (“Barselona”dan “Real”ga) 60 million evro



21 asrning ilk “bomba” transferi sifatida butun futbol olamini hayratda qoldirgan Figu “Barselona”ni “Real”ga almashtirishi alohida bir mavzu. Shunday bo'lsada, Figu “Real Madrid”ning “galaktikos”ga aylanishi yo'lida tashlangan birinchi qadamga aylangani bor gap.


Figu qanchalar urunmasin, Kataloniyada namoyish etgan fantastik o'yinlarini qaytara olmadi. U Madrid klubi bilan tuzilgan 5 yillik shartnomani o'tadi va erkin agent sifatida “Inter” safiga borib qo'shildi.


2001/02 – Zayniddin Zidan (“Yuventus”dan “Real”ga) 75 million evro


 


Oradan bir yil o'tib, Peres yana bir katta transferga qo'l urishga qaror qiladi. Bu safar “qaymoqranglilar” Zidan uchun Turin klubiga 75 million evro to'lashadi va frantsuzni Madridga ko'chib kelishini ta'minlashadi.


Tan olish lozim, Figudan farqli o'laroq, Zidanning transferi o'zini mutloq oqladi. Zidan “Galaktikos” futbolchilari orasida ham ajralib turar, uning maydondagi har bir harakatini muxlislar olqishlar bilan qarshi olishar edi. Keyinchalik, Peres Zidan transferida adashmaganini va agar “zebralar” Zizu uchun 100 million talab qilganda ham transferdan voch kechmasligini rasman e'lon qiladi.


2002/03 – Rio Ferdinand (“Lids”dan “Manchester Yunayted”ga) 46 million evro


O'sha davrda “qizil iblislar” Angliya futboli tarixidagi eng katta transferga qo'l urishadi. Boz ustiga himoyachi uchun bunday katta summani hali hech qaysi klub sarflamagan bir paytda!


Shunga qaramay, Rio Ferdinand o'ziga bildirilgan ishonchni ortig'ibilan oqladi desak, adashmagan bo'lamiz. 12 mavsum davomida yuqori darajada to'p tepgan himoyachi “Manchester Yunayted” bilan 14 ta sovrinni boshi uzra ko'tardi va Angliya terma jamoasini bir necha bor maydonga sardor sifatida olib tushdi.


2003/04 – Devid Bekhem (“Manchester Yunayted”dan “Real”ga) 37,5 million evr


Bekhem Florentina Peres qurishni istagan “galaktikos”ning so'nggi ijrochisi edi va Florentina boshlagan ishini yakunlab qo'yish uchun Beksni tarkibga qo'shib oldi.


Ingliz futbolchisi 4 yil davomida “qirollik klubi” sharafini munosib himoya qildi va MLS klubi bilan shartnoma imzoladi. 5 yil AQShda istiqomat qilgan Beks PSJ klubida butsalarini mixga ilib yubordi.


2004/05 – Dide Drogba (“Marsel”dan “Chelsi”ga) 38,5 million evro


 


Drogba “Marsel”dagi o'zining ilk mavsumida 32 bor raqib darvozalarini ishg'ol qiladi va endigina Abramovich qo'l ostiga o'tgan “Chelsi”ning e'tiborini tortadi.


Iuvarlik futbolchi Londonga ko'chib o'tgach, 10 mavsum davomida klub sharafini munosib himoya qiladi va 14 ta sovrinni boshi uzra ko'taradi. Qahramonimiz bugungi kunda Kanada davlatida istiqomat qilmoqda va o'z shaxsiy klubining ishlari bilan band.


2005/06 – Maykl Essen (“Lion”dan “Chelsi”ga) 38 millio evro


Kelasi yili Frantsiyadan “Chelsi” yana bir o'sha mavsumdagi eng qimmat futbolchini harid qiladi.


Bu transferni ham shaxsan Joze Mourino Abramovichdan talab qiladi. Portugaliyalik murabbiyi Essenni qarshi hujum taktikasidagi eng muhim omil bo'lishini taxmin qiladi va adashmaydi.


Maykl 9 mavsum davomida “Aristokratlar”ning asosiy tarkib futbolchisi sifatida harakat qiladi, biroq keyin uning o'yinida keskin pasayish kuzatiladi. Bugungi kunda, qahramonimiz Azerbayjon chempionatida “javlon urmoqda”.


2006/07 – Andrey Shevcheno (“Milan”dan “Chelsi”ga) 43, 88 million evro


 


Oldingi mavsumlardan farqli o'laroq, Shevchonko transferini shaxsan Raman Abramovich tashkillashtiradi. Vaholanki, Joze Shevani o'z jamoasida ko'rishni istamgan edi.


Shunga qaramay, bu transfer amalga oshadi va ukrainalik forvord Londonga ko'chib o'tadi. “Aristokrtarlar” hujumchi uchun 44 million sarf etgan bo'lsada, bu pullar o'zini deyarli oqlagani yo'q. 3 yil davomida atigi 9 ta gol kiritgan Shevchenko erkin agent sifatida “Dinamo Kiev”ga yo'l olishdan boshqa chora topa olmaydi.


2007/08 – Fernando Torres (“Atletiko Madrid”dan “Liverpul”ga) 38 million evro


 


Torres “Atletiko”dan 38 million evaziga sotib olindi va hujumchi “Enfild”dagi ilk mavsumidayoq 33 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


Oradan yana ikki mavsum o'tib, u APLning birinchi raqamli yulduzi darajasigacha ko'tarildi va “Chelsi” tomonidan sotib olindi. Afsuski, “Chelsi” ispan uchun omadsiz keldi. Keyin “Atletiko”, “Milan” singari klublarda faoliyatini o'nglashga urinib ko'rdi, biroq yana omadsizlik. Taqdirga tan bergan hujumchi Yaponiyada butsalarini mixga ilib yubordi.


2008/09 – Robino (“Real Madrid”dan “Manchester Siti”ga) 43 million evro


 


Braziliyalik futbolchi “Manchester Siti”ning ilk katta transferi sifatida tarixga kirdi. Afsuski, Robino 2 mavsum davomida atigi 16 ta gol kiritdi xolos. Keyin “Milan” safiga ravona bo'ldi.


Ayni damda, uni Turkiyaning Istanbul sharafini himoya qilmoqda.


2009/10- Krishtianu Ronaldu (“M-Yu”dan “Real”ga) 94 millin evro



Ronaldu o'z davridagi eng qimmat transfer maqomida Madridga ko'chib o'tdi. Portugaliyalik futbolchi katta bosim ostida qolib ketganiga qaramay, barchasini mukammal uddaladi.


Ronaldu “Real” tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi va 4 bor “oltin to'p”ni qo'lga kiritdi. To'rt bor EChLda zafar quchdi va Madridni super yulduz maqomida tark etdi.


Bugungi kunda Ronaldu “Yuventus” bilan EChLda zafar quchish uchun kurash olib bormoqda.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.