logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
29 IYUN, 02:15 / O'QILDI: 3996

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.


Nikolas APLda?!


 


Gollandiyaning “Ayaks” jamoasi qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko yozda Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.


Buhaqida Metro nashrima'lumqilmoqda. Manba tarqatgan axborotga ko'ra, argentinalik futbolchi bilan “Lester” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan.


Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsumda 35 ta o'yinda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.


PSJ uni ilib ketmoqchi


 


Parijning PSJ jamoasi “Tottenhem” klubi yarim himoyachisi Tangay Ndombele bilan shartnoma imzolashi mumkin.


Afsuski, ayni damda frantsuzlar Ndombele uchun “shporlar” talab qilayotgan 60 million funt sterlingni to'lasha qodir emas. Shu sababli, klub yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni reja qilmoqda.


Eslatib o'tamiz, Ndombele bir nechta Italiya grandlari e'tibor markazida turibdi.


Xartdan o'zagacha yurish


 


Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi sobiq darvozaboni Jo Xart faoliyatini Shotlandiyada davom etishini istamoqda.


Ingliz nashrlarining ma'lum qilishicha, kipper Glazgoning “Seltik” jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.


Eslatib o'tamiz, Jo bir necha kundan so'ng, erkin agent maqomida istagan jamoasi bilan shartnoma tuzishga huquqiga ega bo'ladi.


Tevez ortga qaytishi mumkin


 


Argentina nashrlarining ma'lum qilishicha, “Boka Xuniors” jamoasi hujumchisi Karlos Tevez kelasi mavsumda yana APLda ko'rinish berishi mumkin.


Hujumchi ayni damda “Vest Hem” klubidan kelib tushgan taklif borasida bosh qotirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, “bolg'achilar” Tevezga yarim yillik shartnoma taklif etgan.


Hozir futbolchining maoshi borasida muzokaralar olib borilmoqda.


Milik trendda!


Neapol shahrining “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milik o'z faoliyatini APLda davom ettiradigan ko'rinadi.


“Tuttomercao”ning ma'lum qilishicha. Hujumchi “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” jamoalari radariga tushib qolgan.


Transfermarket portali polyakni 32 million evroga baholagan bo'lsada, “Napoli” uni 40 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.


“Liverpul” kelajakni ko'zlamoqda


 


Angliyaning “Liverpul” klubi “Xoffenxaym” jamoasining yosh va iqtidorli yarim himoyachisi – Melkam Fraendorfni sotib olmoqchi.


“Kicker” nashrining ma'lum qilishicha, “Liverpul” jamoasi skautlari bir necha bor 16 yoshli o'pirinning o'yini tomosha qilish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurgan. Melkamning yozda nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi o'z yakuniga etadi. Shu sababli, “mersisaydliklar” uni qo'lga kiritish ilinjida harakatni boshlab yuborishgan.


Eslatib o'tamiz, ayni damda “Liverpul” jamoasida katta transferlar uchun mablag' yo'qligi bois, klub iqtidorli futbolchilarni jalb etishga urg'u bermoqda.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.