logotip
Davron Fayziev: "Agar "Real" bugun g'alaba qozonsa..."
28 IYUN, 16:05 / O'QILDI: 3034

Sport sharhlovchisi Davron Fayziev bugun bo'lib o'tadigan La Liga navbatdagi turidan o'rin olgan "Espanol" va "Real" to'qnashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bugun Ispaniyada turnir jadvalining birinchi va oxirgi o'rinlaridagi klublar to'qnash kelishadi. Biroq lider jamoani yaqqol favorit deyishga shoshilmay turamiz. Chunki "Espanol" birgina g'alaba bilan xavfli zonadan chiqib ketishi mumkin. Kataloniyaliklar o'zini devorga taqalgan yarador yirtqichdek tutishi mumkin. Bunday vaziyatda raqibga sakrash varianti qoladi, xolos.

"Real"da, aksincha, ishlar maromida. "Barselona" durang o'ynadi. "Real" bugun yutsa, 3 ochko farq bilan oldinga o'tib ketadi. Ana shu xotarjamlik Zidan yigitlarini chalg'itib qo'ymasa “dushman tarafda”, ya'ni Kataloniya o'lkasida g'olib bo'lib qaytishi mumkin.

"Espanol" hamshaharlari uchun o'ynamaydi (avval ham o'ynamagan), o'zi uchun o'ynaydi, chunki ular jar yoqasida. Bugungi sharhlaydigan o'yinimda boshqa intriga topish qiyin. Barchamiz bilib turibmiz, Real bugun yaqqol favorit", — deya fikr yuritdi Davron Fayziev.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:50 da start oladi.


Manba: std.uz

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 29.01.2019.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.