logotip
«Paxtakor» tarkibida mamlakatning eng yaxshi futbolchilari va to'purarlari
23 MAY, 21:25 / O'QILDI: 70

«Paxtakor» safidagi o'yinlari bilan mamlakatda eng yaxshi deb topilgan futbolchilar va to'purarlar to'g'risida ma'lumot taqdim etamiz.

SSSR chempionatida Birodar Abduraimov 1968 yil oliy ligada (22 gol), 1972 yil esa birinchi ligada (34 gol) to'purarlikni qo'lga kiritgan. 1982 yilgi mavsumda Andrey Yakubik 23 to'p kiritgan holda oliy ligada to'purarga aylangan.

O'zbekiston chempionati o'tkazila boshlangandan beri "Paxtakor"dan eng ko'p o'yinchilar yurtimizda eng yaxshi futbolchi deb topilgan. Jami 8 bor yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida "Paxtakor" a'zosi e'tirof etilgan:

1992 yil - Valeriy Kechinov
1993 yil - Mirjalol Qosimov
1996 yil - Pavel Bugalo
1997 yil - Pavel Bugalo
1998 yil - Mirjalol Qosimov
1999 yil - Andrey Akopyants
2002 yil - Aleksandr Geynrix
2009 yil - Odil Ahmedov

1996 yil Pavel Bugalo va 1999 yil Andrets Akopyants "Paxtakor" biror sovringa ega chiqmasa ham O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani ularning o'sha mavsumni qanchalik ajoyib o'tkazishganini isbotlaydi.

Jamoamizdan 6 mavsumda 7 nafar futbolchi O'zbekiston chempionati to'purarlariga aylangan. 1998 yil Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirin 22tadan gol urgan holda birgalikda to'purar bo'lishgan. So'nggi besh yildan uchtasida "Paxtakor" a'zolari Superligada to'purarga aylangani e'tiborga molik holat.

1992 yil - Valeriy Kechinov (24 gol)
1998 yil - Mirjalol Qosimov va Igor Shkvirin (22 gol)
2005 yil - Anvar Soliev (29 gol)
2015 yil - Igor Sergeev (24 gol)
2018 yil - Tiago Bezerra (17 gol)
2019 yil - Dragan Cheran (23 gol)


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.