logotip
31 may kuni bo'lib o'tadigan UFC musobaqasining barcha juftliklari ma'lum bo'ldi
23 MAY, 19:30 / O'QILDI: 98

Las-Vegas shahrida (AQSh, Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 31 may tongida UFC’ning so'nggi uch hafta ichidagi to'rtinchi musobaqasi bo'lib o'tadi.

UFC Fight Night 173 musobaqasining asosiy jangi yarim og'ir vazn sobiq chempioni Tayron Vudli va Gilbert Byorns o'rtasidagi kechadi. Hozirda Vudli mazkur vazn toifasi reytingida peshqadamlik qilmoqda, ushbu toifa chempioni Kamaru Usmon hisoblanadi.

Kechaning yana bir muhim voqeasi og'ir vazn toifasi vakillari Augusto Sakai va Blagoy Ivanov o'rtasidagi jang bo'ladi.

UFC 249 musobaqasining barcha janglari vidoesini tomosha qiling.

Musobaqa juftliklari bilan tanishing:

Asosiy kard
Tayron Vudli — Gilbert Byorns
Augusto Sakai — Blagoy Ivanov
Kevin Holland — Daniel Rodriges
Ruzvelt Roberts — Brok Uiver
Makkenzi Dern — Hanna Chifers

Qolgan janglar
Keytlin Chukagyan — Antonina Shevchenko
Billi Kuarantillo — Spayk Karlayl
Jamahal Hill — Klidson Abreu
Tim Elliott — Brendon Royval
Luis Smolka — Keysi Kenni
Kris Guterres — Vins Morales


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.