logotip
Frantsiya chempionatining yangi mavsum boshlanish sanasi ma'lum bo'ldi
23 MAY, 17:30 / O'QILDI: 35

Frantsiya chempionatining 2020/2021 yilgi mavsumi boshlanish sanasi ma'lum qilindi. Liga 1'ning yangi mavsumi 22 avgust kunidan, Liga 2 esa oradan bir hafta o'tib boshlanishi rejalashtirilmoqda.

Frantsiya professional futbol ligasi 17 iyun kuni bo'ladigan UEFA ijroqo'm yig'ilishi yakunlarini kutmoqda. Evropa chempionlar ligasi va Evropa ligasining qolgan qismi uchun taqvimi ma'lum bo'lganidan keyin Frantsiya chempionatining taqvimi tasdiqlanadi.

Eslatib o'tamiz, Liga 1'ning ushbu mavsumi koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlandi. «PSJ» klubi chempion sifatida tan olindi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.