logotip
Key-liga. «Seongnam» durang o'ynadi, «Kvangju» yutqazdi
23 MAY, 17:20 / O'QILDI: 21

Janubiy Koreyada 3-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda. Bugun Iskanderov va Ashurmatov jamoalari o'z o'yinlarini o'tkazishdi.

"Seongnam" safarda "Kangvon" klubi mehmoni bo'lib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Jamshid Iskanderov seongnamliklar safida uchrashuvni to'liq o'tkazdi. Mazkur durang tufayli "Seongnam"ning ochkolari 5 ochkoga etdi va klub jadvalda 5-o'rinni egallab turibdi.

"Kvangju" esa ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'ldi. Jamoa "Sangju" klubiga safarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rustam Ashurmatov doimgidek o'z klub safida uchrashuvda to'liq harakat qildi.

"Kvangju" ushbu mavsumda hali birorta gol urishga muvaffaq bo'lmadi. Klub so'nggi 12-pog'onani egallab turibdi.

J.Koreya Key-ligasi, 3-tur
"KANGVON" - "SEONGNAM" - 1:1
Gollar: Ku Mu Yeol (18) — Kvon Sun-Xyun (57)

"SANGJU" - "KVANGJU" - 1:0
Gol: Kang Sang Vu (6)


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.