logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
22 MAY, 21:15 / O'QILDI: 287

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.


“Bavariya” Sane borasida bosh qotirmoqda


 


Myunhenning “Bavariya” jamoasi “Manchester Siti” vingeri Leroy Saneni yozda o'zining birinchi raqamli transfer maqsadiga aylantirganidan xabaringiz bor.


ESPN nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunhen klubi Sane borasida “Manchester Siti” bilan kelisha olmasa, bor e'tiborini “Borussiya Dortmund” yarim himoyachisi – Jeydon Sanchoga qaratadi.


Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi bilan shuningdek “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqib qolgan bo'lib, Sanchoning transfer summasi 120 million evroga teng.


Koutino uchun asosiy da'vogarlar aniq


 


Myunhenning “Bavariya” jamoasida ijara asosida to'p surayotgan Filippe Koutino uchun bir yo'la uchta angliya grandlari ko'z tikmoqda.


“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachi bilan “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Lester” klublari 60 million evro to'lashga tayyor, biroq “Barselona” Koutinoni 90 millionga baholamoqda.


Manbaning ma'lum qilishicha, futbolchi uchun kurashda “Barsa”ga ko'proq pul taklif qilgan jamoa g'olib chiqadi.


“Seltik” futbolchisi nishonda


 


Shotlandiyaning “Seltik” klubi himoyachisi Kristoffer Ayer yozda katta ehtimol bilan APL jamoalaridan biriga o'tishi mumkin.


“90min.com” nashrining ma'lum qilishicha, 22 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan “Manchester Yunayted”, “Lester”, “Everton” va “Vulverhempton” klublari qiziqib qolgan.


Transfermarket nashri markaziy himoyachini 2,7 millionga baholagan bo'lsada, shotlandiyaliklar uni 25 milliondan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.


“Chelsi” uni sotmoqchi


 


Dunyoning eng qimmat darvozaboni yozda Ispaniyaga qaytib ketishi mumkin. Bu haqida taniqli “Daily Exsrpress” nashri ma'lum qilmoqda.


Manbaning ma'lum qilishicha Kepa Arissabalaga bilan “Valensiya” shartnoma imzolash niyatida. Ispan klubi Yasper Sillesenning o'yinlaridan norozi bo'lgani bois, uni Kepa bilan almashtirishga tayyor.


Hozircha bu transfer ijara asosida amalga oshishi tahmin qilinmoqda. Korona-tanaffusdan so'ng, birorta klub “Chelsi” Kepa uchun talab qilayotgan summani to'lay olmasligi turgan gap.


Pogba qaytishi mumkin


 


Turinning “Yuventus” jamoasi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani ortga qaytarish borasidagi ishlarni boshlab yubordi.


“Le10sport” bergan ma'lumotlarga qaraganda, “Yuve” rahbarlari allaqachon futbolchining agenti Mino Rayola bilan uchrashishga muvaffaq bo'lgan.


Eslatib o'tamiz, Pogba uchun bo'layotgan kurashdan PSJ va “Real” klubi chiqib ketgach, faqat “Yuve”gina fransiyalik uchun da'vogar bo'lib turibdi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.