logotip
«Union» futbolchilari koronavirus sabab maoshdan voz kechdi, «Bavariya» o'yinchilariniki esa 20 foizga qisqardi
26 MART, 23:50 / O'QILDI: 77

Berlinning «Union» klubi futbolchilari va xodimlari koronavirus sabab yuzaga kelgan tanaffus vaqtidagi maoshidan voz kechdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

«Biz favqulotda vaziyatga duch keldik. Klubimizning maqsadi — futbol. Agar u to'xtatilsa, bu hayotimiz mazmuniga ta'sir qiladi. So'nggi oylarda rahbariyat, xodimlar, jamoa va qolgan ishchilar klubning Bundesligadagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash uchun ter to'kib ishladi. Rahbariyat nomidan barchaga tashakkur aytaman», — deydi klub prezidenti Dirk Singler.

«Bu vaziyatda muammoga duch kelishimiz darhol ayon bo'lgandi. So'nggi bir necha kun faol munozaraga kirishdik va yakunda birgalikda ishlashga kelishib oldik. Bu og'ir holatni birgalikda engib o'tmoqchimiz», — deydi jamoa sardori Kristofer Trimmel.

Shuningdek, «Bavariya» futbolchilari va rahbariyati maoshining 20 foizidan voz kechgan. Bu mablag'lar klubning qolgan xodimlari maoshini to'liq to'lab berishga xizmat qiladi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.