logotip
«Marakana» stadioni vaqtinchalik kasalxonaga aylantiriladi
26 MART, 22:25 / O'QILDI: 14

Braziliyada koronavirusga chalinganlar kundan-kunga ko'payayotgani sababli shifoxonalarda joylar taqchilligi yuzaga keldi, shu sababli stadionlar kasalxonalarga aylantirilmoqda.  Jumladan, dunyoga mashhur "Marakana" stadioni zudlik bilan kasalxonaga aylantiriladi.

Eslatib o'tamiz, mazkur stadion "Flamengo" jamoasining uy stadioni bo'lib, qayta ta'mirlangandan keyin 78 ming muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Endi esa, u maydondagi shifoxonaga aylantirilmoqda. Hozirgacha Braziliyada 2554 kishi ushbu virusga chalingan. 59 kishi olamdan ko'z yumgan.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.