logotip
"Arsenal" "Bornmut" futbolchisini tekinga qo'lga kiritishi mumkin
26 MART, 22:10 / O'QILDI: 77

Londonning “Arsenal” klubi “Bornmut”ning 24 yoshli yarim himoyachisi Rayan Freyzerga qiziqib qoldi. Bu haqda Goal.com sayti xabar tarqatdi.

Manbaning xabariga ko'ra, chap qanot vingerining jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi. Hozircha Rayan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Bundan ko'rinib turibdiki, futbolchi “kanonirlar” safiga erkin agent sifatida tekinga yo'l olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Freyzer 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

 


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.