logotip
“Chelsi”ga “Napoli” himoyachisi kerak
26 MART, 20:30 / O'QILDI: 84

“Napoli” himoyachisi Elseid Xyusay faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Futbolchini “Chelsi” o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri yozmoqda.

Ma'lumot uchun, Xyusayning neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi. Futbolchi yozda “ko'klar” safiga erkin agent maqomida yo'l olishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum albaniyalik himoyachi “A” Seriyada 13ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilgan.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.