logotip
«Borussiya» futbolchilari maoshning kamaytirilishiga rozi bo'lishdi
24 MART, 10:55 / O'QILDI: 287

Dortmundning «Borussiya» klub futbolchilari maoshlarning pasaytirilishi haqidagi taklifga rozilik berishdi. Shundan kelib chiqib, barcha o'yinchilarning maoshi 20 foizga kamaytiriladi.

"Bild" tarqatgan xabarga ko'ra, bunday qaror orqali klub 850 nafar xodimlarning ish joylarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Borussiya" Bundesliganing 25-turidan keyin «Bavariya»dan 4 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.