logotip
Mourino: «EChLda munosib qatnashishimizga AF halaqit qilmoqda»
15 FEVRAL, 13:45 / O'QILDI: 126

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi EChL doirasida “Leyptsig” klubiga qarshi bo'ladigan muhim uchrashuvdan uch kun oldin APL doirasida «Aston Villa» klubiga bo'lib o'tadigan o'yin sababli, APL rahbariyatini keskin tanqid ostiga oldi.


«Tottenxem» ertaga «Villa Park»ga jo'nat ketadi va soat 14:00 «Aston Villa» klubiga qarshi o'ynaydi. Oradan uch kun o'tib «shporlar» o'z maydonida «Leyptsig» klubini EChLning 1/8 final doirasida qabul qiladi.


«Nima uchun «Lester» «Vulverxempton» klubiga qarshi juma kuni kechqurun maydonga tushadi, biz «Aston Villa» bilan yakshanba kuni kunduzi o'ynashimiz kerak?


AF bizning EChLda munosib ishtirok etishimizga halaqit bermoqda. «Tottenxem» qanday qiyinchiliklarni boshdina o'tkazayotgani bilan Assotsiatsiyadagilarni ishi yo'q. Ular translyatsiya huquqilarini qimmatga sotsa bo'lgani », — dedi Joze Mourinyu.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.