logotip
OChL: "Paxtakor" - "Shahr Xodro". Prevyu
15 FEVRAL, 13:45 / O'QILDI: 63

17 fevral kuni "Paxtakor" mavsumdagi ikkinchi o'yinini yana Chempionlar ligasi doirasida o'tkazadi.

Bu safar Toshkentga Eronning "Shahr Xodro" klubi mehmon sifatida tashrif buyuradi. Shu paytgacha bu jamoaga qarshi biror marta maydonga tushmaganmiz, klub esa Chempionlar ligasida debyutant sanaladi. Saralash bosqichida Bahraynning "Riffa" va Qatarning "Sayliya" jamoalaridan ustun kelgan Mashhad shahri jamoasi guruh bahslarida ishtirok etmoqda. 1-turda Dubayda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasiga qarshi kechgan bellashuvda mashhadliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Ushbu o'yin jamoamiz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ketma-ket ikkinchi muvaffaqiyat orqali guruhdagi holatimizni yanada yaxshilab olishimiz mumkin. Qolaversa, qit'aning klublar uchun birinchi raqamli turnirida yuzlik dovonini bosib o'tish arafasida turibmiz. Yubiley bellashuvni Toshkentda g'alaba bilan yakunlash muxlislar uchun ham o'ziga xos sovg'aga aylanadi.

"Paxtakor" va "Shahr Xodro" jamoalari o'rtasidagi o'yin 17 fevral, dushanba kuni 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Sodiq ishqibozlarimizni doimgidek katta futbol oqshomida "Paxtakor"da kutib qolamiz.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.