logotip
Lempard Ziesh haqida ma'lumotlarni qaerdan oldi?
15 FEVRAL, 13:40 / O'QILDI: 217

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi yaqinda Gollandiyaning «Ayaks» klubidan sotib olingan Xakim Ziesh haqida fikr bildirdi.


«Uning o'yinlarini birinchi marta o'tgan mavsumdagi EChL orqali ko'rgandim. Mening fikrimcha, Xakim juda ajoyib o'yin namoyish etgandi, ayniqsa, «Tottenxem»ga qarshi o'yinda. Joriy mavsumda biz «Ayaks»ga qarshi ikkita o'yin o'tkazdik va o'sha o'yin menga u haqda ko'p ma'lumotlarni taqdim etdi. Ziesh chap oyog'ida ajoyib harakat qiladi, u qanotda va hujum ortida katta foyda beradi.


O'ylaymanki, mavsumda bizning qiyin o'yinlarimiz juda ko'p bo'ldi. Raqiblar himoyasini yorib o'ta olmaganimizni ko'pchilik sezgan bo'lsa kerak. Xakim orqali “Chelsi” hujumlari keskin tus oladi. U golli paslarni amalga oshirishdan tashqari, o'zi ham gol taqdirini hal qilib qo'ya oladi.


Muxlislarimiz uning tezroq tarkibimizga kelib qo'shilishini intirzorlik bilan kutishayotganiga shubha qilmayman», — dedi Frenk Lempard.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.