logotip
Agamurodov «Dinamo»dagi faoliyatini davom ettiradi
15 FEVRAL, 12:45 / O'QILDI: 1451

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqanddagi qarorgohida olib borayotgan «Dinamo» jamoasi bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi.

«Dinamo» jamoasi Akmal Xolmurodov, Bahodir Nasimov, Mirkomil Lokaev, Sardor Eminov, Dilmurod Karimov, Abbos Shodmonov, Siroj Hamroev singari futbolchilar bilan xayrlashdi. Ixtiyor Toshpo'latov esa «Metallurg» klubiga transfer qilindi. Darvozabon Botirali Ergashev esa «Qo'qon-1912» jamoasiga bir yilga ijaraga berildi. Klub ushbu futbolchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlariga omad tilab qoladi.

Samarqand viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va klub rahbariyati qaroriga ko'ra, Tachmurod Agamurodov jamoadagi bosh murabbiylik faoliyatini davom ettiradi. Uning oldiga klubni Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yiladi. Pro-liga yangi mavsumi oldidan jamoa tarkibiga yangi futbolchilar taklif etilishi rejalashtirilgan.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.