logotip
Boks. Bektemir Meliqo'ziev 1-raunddayoq nokaut bilan g'alaba qozondi (video)
15 FEVRAL, 12:00 / O'QILDI: 70

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Bektemir Meliqo'ziev bugun AQShda professional boksda meksikalik Oskar Kortesga qarshi ringga ko'tarildi. 10 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi.

Bektemir dastlab raqibini nokdaunga uchratgan bo'lsa, uning keyingi zarbalaridan keyin raqib jangni davom ettira olmadi. Shu tariqa Bektemir professional boksdagi 5-jangida ham g'alaba qozondi.

O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.