logotip
«Manchester Siti»ni qanday qora kunlar kutmoqda?
15 FEVRAL, 11:00 / O'QILDI: 441

«Manchester Siti» moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun ikki yilga Evropa musobaqalaridan chetlatildi. Ular 30 million evro miqdorida jarimaga tortildi, ammo endi bu klub uchun hech narsamas. Yomoni «shaharliklar»ning EChLdan tushadigan daromadlardan mahrum bo'lishidir.

Agar sport arbitraj sudi UEFA qarorini bekor qilmasa, «Manchester Siti»ni qanday qora kunlar kutmoqda?

• So'nggi 11 yil ichida «Manchester Siti» daromadlarni ko'paytirdi. 2018/19 mavsumida u rekord darajada daromad ko'rdi – 535 million funt. Bu Evropadagi oltinchi ko'rsatkich («PSJ», «Bavariya», «Man. Yunayted», «Real Madrid» va «Barca»dan keyin). Ammo hozirda "Siti" katta muammolarga duch kelmoqda – ikki mavsumda Chempionlar Ligisisiz klub 300 million funtni yo'qotadi.

• Bundan tashqari, ba'zi homiylar klub bilan ishlashni to'xtatadilar. Bir mavsumda 150 million funt sterling yo'qotish "Siti"ning kelajagiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

• O'tgan mavsum natijalariga ko'ra (8 yil ichida birinchi marta) "Siti" uchun eng katta daromad manbasi homiylik shartnomalari emas, balki teletranslyatsiyalar bo'ldi (253 million funt, bu umumiy daromadning 47 foizi). Bu daromadning 85,7 million funti Chempionlar ligasi tufayli keldi.

• O'tgan yilning noyabr oyida «Siti» yirik kelishuvga erishdi. Amerikaning sarmoyaviy jamg'armasi bo'lgan «SilverLeykSitiFootballGroup» kompaniyasining 10 foizlik ulushini 500 million dollarga sotib oldi. Dunyodagi yana 8 ta klubni o'z ichiga olgan ushbu guruh darhol dunyodagi eng qimmat sport tashkilotlaridan biriga aylandi (bahosi 4,8 milliard dollarga). Har mavsumda zaxiralar 5-15% ga o'sishi rejalashtirilgan edi va 5 yildan keyin «SilverLeyk» hozirgidagidan 25-75% ko'proq oladi. Biroq Chempionlar Ligasidan chetlatilish, albatta, aktsiyalar narxining keskin pasayishiga olib keladi.

Bundan tashqari, yo'qotishlar klubni futbolchilarni ko'proq sotishga majbur qiladi. O'z navbatida tarkibdagi tajribali futbolchilarni EChLsiz ushlab turish qiyin kechadi.

• Evrokuboklarsiz "Siti"ning obro'si, jozibasi pasayadi. Pep Chempionlar Ligasini juda yaxshi ko'radi, u bir necha kun oldin bu haqda shunday degan edi: «Men Chempionlar Ligasida g'alaba qozonishni xohlayman, orzu qilaman va men «Real» ga qarshi o'yinlardan zavqlanaman. Bu mening ishimdagi eng baxtli daqiqalardir”.

• Yakuniy salbiy ta'sir: UEFA qarori tufayli "Manchester Siti"ning Premer-ligadagi ochkolari olib qo'yilishi mumkin. "Independent" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" uchun eng munosib jazo shunchaki ochkodan mahrum qilish. Jamoadan qancha ochko olib qo'yilishi hali noma'lum.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.