logotip
Seten Messini asosiy tarkibda maydonga tushirish niyatida emas
15 FEVRAL, 09:45 / O'QILDI: 294

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Kike Seten jamoaning yaqin kelajakdagi o'yinlarida jamoa hujumchisi Leo Messini asosiy tarkibda maydonga tushirmasligini sha'ma qildi.


Shu tariqa, jamoa bosh murabbiyi Messini hordiq chiqarib olishi uchun imkoniyat yaratmoqchi


«Messi o'zining organizmi qanday qobiliyatga ega ekanligini o'zi tushunishi kerak. Ko'p futbolchilar muammoni oldini qanday qilib olish kerakligini yaxshi bilishadi. Agar Leo asosiy tarkibdan joy olsa, demak uning formasi shunga loyiq bo'ladi. Ayni paytda uning jismoniy tayyorgarligi joyida.


Messi ham boshqa futbolchilar kabi mavsumning qaysidir qismida albatta hordiq chiqarishi shart. Qaysi futbolchiga qanday hordiq chiqarish imkoniyatini berishni bilishim uchun klubda hali ko'p bo'lganim yo'q.


Futbolchi yuqori saviyalik o'yinlarni haftasiga ikki marta o'tkazmoqda va albatta biz bu yana qancha davom etishini albatta bilamiz», — dedi Kike Seten.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.