logotip
APL. «Burilar» va «tulkilar» bahsida do'stona hisob (videosharh)
15 FEVRAL, 07:50 / O'QILDI: 154

Angliya chempionatining 26-turi doirasida Evropa chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib borayotgan (ayniqsa, "Man. Siti" EChLning keyingi mavsumida ishtirok etish huquqidan mahrum qilinganidan so'ng) "Vulverxempton" va "Lester" klublari o'zaro to'qnash kelishdi.

Birinchi bo'lim davomida to'p nazorati "tulkilar" tomonida bo'lgan bo'lsa, mezbonlar ishonch bilan himoyalanishdi. Qanotlar uyushtirilgan hujumlar esa samara bermadi. Tanaffusga chiqib ketish oldidan "bo'rilar" hisobni ochishgan edi, ammo VAR tufayli u bekor qilindi.

Ikkinchi bo'lim boshida ham o'yinning sur'ati o'zgarmadi. Ammo taym o'rtasida  Traorening maydonga tushirilishi oqibatida ustunlik «Vulverxempton» tomoniga o'tdi. Boz ustiga, 76-daqiqada "Lester" yarim himoyachisi Chouduri maydondan chetlatildi. Natijada Brendan Rodjers shogirdlari so'nggi daqiqalarda durangni saqlab qolishga harakat qilishdi.

Natijada bu o'yinda har ikkala jamoa 2 ochkodan yo'qotishdi.

Angliya chempionati, 26-tur
Vulverxempton – Lester 0:0 (0:0, 0:0)
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Boli, Koudi, Saiss, Doerti, Dendonker, Ruben Nevesh (Moutinyu, 81), Kastro, Netu (Traore, 64), Diogu Jota (Podense, 78), Ximenes.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Seyundjyu, Chiluell, Chouduri, Peres (Olbrayton, 68), Tilemans (Prat, 75), Meddison, Barns (Morgan, 90), Vardi.
Ogohlantirishlar: Meddison (36), Ruben Nevesh (45), Chouduri (51), Dendonker (55), Chiluell (88).
Chetlatish: Chouduri (76).



Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.