logotip
Transfer olamidagi yangiliklar
15 FEVRAL, 01:55 / O'QILDI: 413

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz


“Manchester Yuanyted” Pogbani sotmoqchi




Taniqli "The Guardin" nashrning ma'lum qilishicha, “qizil iblilsar” yozda jamoa etakchisi Pol Pogbani sotishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Unga ko'ra, jamoa avvalroq xabar berganimizdek Pogba uchun 148 million evro talab qilmaydigan bo'ldi.


Manbaning ma'lum qilishicha, klub Pogbani 100 million evroga sotib yuborishga qaror qilgan. Futbolchining agenti Rayolaning aytishicha, endi Pogbaning yozda boshqa jamoaga o'tishi ancha osonlashadi.


Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi uchun asosiy da'vogar “Real Madrid” va “Yuventus” klublari bo'lib turibdi.


“Real Madrid” Kazemiroga o'rinbosar topdi


 


Madridning “Real” klubi Frantsiya chempionatida to'p surayotgan EduardoKamavingani yozda sotib olishni rejalashtirmoqda”,-deb xabar bermoqda Marca nashri.


Madrid klubi “Lill” jamoasining 17 yoshli futbolchisini jamoaning kelajagiga bosh qotirgani uchun xarid qilmoqda. Manbaning ma'lum qilishicha, klub Eduardoni Kazimironin o'rnini egallashini tahmin qilmoqda.


Frantsuz klubi o'z tineyjerini 50 million evrodan kamiga qo'yib yubromoqchi emas, biroq yozda transfer narxi umuman o'zgacha ko'rinish olishi ham mumkin.


Depay ortga qaytadimi?



Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi Memfis Depayni ortga qaytarishni rejalshtirmoqda. Bu haqida “The times” nashri ma'lum qilmoqda. Manbada aytilishicha, jamoa rahbarlari Depayga o'z vaqtida imkon berilmaganidan afsusda.


Shu sababli futbolchini yozda ortga qaytarish borasida ishlar olib borilishi mumkin. Ayni damda, transfermarket portal gollandiyalik futbolchini 55 million evroga baholamoqda.


Eslatib o'tamiz, futbolchi 2015-17-yillar oralig'ida “qizil iblislar” sharafini himoya qilgan, biroq kutilgan natijalarga erisha olmagan. Ayni damda qahramonimiz tizzasidan olgan jarohatdan forig' bo'lish arafasida turibdi.


Meddison ketadimi?




Bu mavsumda “Lester” safidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lib turgan Jeyms Meddison o'z kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qildi. Unga ko'ra, yarim himoyachi o'z faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirmoqchi. "Bild" nashrining ma'lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi “tulkilar” rahbarlariga o'zini yozda transferga qo'yishlari borasida iltimos bilan chiqqan.


Futbolchi yoshligidan “qizil iblislar”ning muxlisi ekanligini yashirib o'tirmayapti. Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” ham yarim himoyachini qo'lga kiritishga qarshi emas. Agar ushbu transfer amalga oshadigan bo'lsa, “Lester” kamida 60 million evro ishlab olishi mumkin. Sababi, ayni damda futbolchining trasfermarketdagi narxi ham 60 million evroni tashkil etmoqda 


“Arsenal” Lodiginni qo'lga kiritmoqchi


 


Tula shaxrining “Arsenal” jamoasi ayni damda erkin agent maqomida bo'lgan Yuriy Lodiginni o'z safiga qo'shib olishga juda yaqin turibdi. Sports.runing ma'lum qilishicha, darvozabon shu kunlarda “Arsenal”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlariga borib qo'shilishi kutilmoqda. Agar murabbiylar shtabi uning o'yinidan qoniqish hosil qilsa, Tulaliklar tez orada Lodiginning transferini rasman e'lon qilishadi.


Eslatib o'tamiz, darvozabonning so'nggi jamoasi turkyaning «Gaziantep» klubi bo'lgan shartnoma ikki tommoning kelishuviga binoan bekor qilingan. Bunga qadar Lodigin 6 yil davomida “Zenit” sharafini himoya qilishga muvaffaq bo'lgan.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.