logotip
Myuller Tokio Olimpiadasida ishtirok etmoqchi
13 YANVAR, 16:40 / O'QILDI: 1630

"Bavariya" hujumchisi Tomas Myuller Germaniya olimpiya jamoasining Olimpiadaga boradigan tarkibidan joy olishi mumkin. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

21 yoshgacha bo'lgan Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Stefan Kunts 30 yoshli hujumchini Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'l oladigan futbolchilar ro'yxatiga qo'shishni istamoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, 1992 yildan boshlab futbol bo'yicha turnirda 23 yoshgacha bo'lgan o'yinchilardan iborat futbolchilar ro'yxatga kiritilishi belgilangan bo'lsa, 1996 yildan buyon qaydnomaga uch nafar yoshi katta futbolchilar qo'shib olinishiga ruxsat berilgan. Tomas aynan ushbu uch futbolchidan biri bo'lishi kutilmoqda.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.