logotip
Ibrohimovich — to'rtta o'nyillikda gol urgan ilk futbolchi
12 YANVAR, 18:35 / O'QILDI: 1888

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrohimovich A seriyaga qaytganidan keyin 19-tur doirasida bo'lib o'tgan «Kalyari»ga qarshi o'yinda (2:0) gol urdi. Shvetsiyalik futbolchi uchun bu gol boshlanganiga 12 kun bo'lgan 2020-yillardagi dastlabki gol bo'ldi.

Shu tariqa, Ibrohimovich 1990-, 2000-, 2010- va 2020-yillarda gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi.

Zlatan faoliyatidagi ilk to'pini 1999 yilda Shvetsiyaning «Malmyo» klubi safida kiritgan. Shundan so'ng u «Ayaks»ga o'tib ketgan. Ibrohimovich faoliyatida eng uzoq vaqt to'p tepgan klub «PSJ» (2012-2016 yillar) hisoblanadi.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.