logotip
Ibragimovich: «Golimni «San-Siro»da daholardek nishonlayman»
12 YANVAR, 14:30 / O'QILDI: 901

Italiyaning «Milan» klubi hujumchisi  Zlatan Ibragimovich o'zining «Milan» klubidagi dastlaki o'yiniga baho berdi.


A Seriyaning 19-turida «Milan» safarda «Kalyari» klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi ikkinchi golni Zlatan kiritdi.


«Hujumchi kerakli joyda paydo bo'lishga harakat qilishi kerak. Garchi, o'yin boshida to'p bilan bir necha marotaba noto'g'ri muomila qilgan bo'lsada, o'zimni yaxshi his qilyapman. O'z formamga qaytish uchun bir nechta uchrashuv kerak bo'ladi. Golimni daholardek «San-Siro»da nishonlayman, bu erda emas. Men har gol urganimda Xudoni ulug'layman, shuning uchun o'zimni tirik his qilaman.


O'zimni yaxshi his qilyapman, meni zahiraga olish kerakligini murabbiy bilmoqchi bo'ldi, u mening yoshim haqida qayg'urdi, lekin menda hech qanday muammo yo'q. Men hali ham o'tkir fikrga egaman va tanam unga rioya qilishi kerak», – dedi 38 yoshli Ibragimovich o'yindan keyin.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.