logotip
Konte "Atalanta"ga qarshi o'yindan keyin nimalar dedi?
12 YANVAR, 14:20 / O'QILDI: 1113

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte 20-tur doirasida «Atalanta» (1:1) klubiga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Biz uchrashuvga to'rtta muhim futbolchilarimizsiz tayyorgarlik ko'rdik, ushbu futbolchilar ayni paytda biz uchun katta yo'qotish. Unutmang,o'tgan mavsumda «Atalanta» «Inter»dan yuqori o'rinni egallagan. Ular kuchli jamoa, bugun g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga soldik. Bu yigitlar ajoyib, umid qilamanki, ular o'yinni o'tkazib yuborishmaydi. Barella diskvalifitsiyaga uchragan, Vesino jarohat olgan. Men Aleksis Sanchesni o'z formasiga qaytarishga harakat qilyapman. «Atalanta» klubida to'rt yildan beri bitta murabbiy ishlab kelmoqda, ular o'z o'yin uslubiga mos futbolchilarni jamlab olgan. Biz esa olti oy avval jamoa tashkil qildik, shu bois 11 ochkolik farq yaxshi taassurot qoldirmoqda, - dedi Konte Football Italia portaliga.


Manba: Maydon.ru

FIKRLAR
Hozircha hech kim izoh qoldirmagan.

© MAYDON.RU – Футбол янгиликлари.
Ташкил топган сана: 10.12.2018.
Бош муҳаррир: Жасурбек Аллашукиров.
Барча ҳуқуқлар ҳимояланган. Сайт материалларидан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда веб-сайт манзили кўрсатилиши шарт. Блогдаги материаллар учун блог эгаси, хабарлар остидаги фикрлар учун фойдаланувчининг ўзи жавобгар.